Xazonlar bag'ridan bahor istadim, Gunohlar xuniga qahhor istadim. Garchi unutmoqni köp bor istadim, Na qilay, men uni unutolmadim. Özgani aldadim, aldovda yondim, Köngildan voz kechib, özimdan tondim. Baribir har sahar Uni deb uyg'ondim, Na qilay, men uni unutolmadim. U qayda, men qayda,VAFO qayondir, Soginch bir ilondir, firoq chayondir. Ehtimol, ishq özi asli yolg'ondir, Na qilay, men uni unutolmadim. Unutolmasman...