Man chöqqini közlagan chog'da,
Qulab tushma dedi birovlar.
Sof sevgimni kuylasam bog'da, Haddan oshma dedi birovlar.
Yöllarimdan adashsam kuysam,
Hulqi yomon dedi birovlar.
Gar boshimni yostiqqa qöysam,
Endi tamom dedi birovlar.
Man özimni önglasam sal-pal,
Köp adashdi dedi birovlar.
Qölim biroz uzaygan mahal
Biz qarashdik dedi birovlar..