Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Toshkentdagi Driver’s Village avtosalonida 27 may, juma kuni yangi Chevrolet Nexia avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Daryo” nashri taqdimot marosimidan fotoreportaj tayyorladi. Taqdimot marosimida yangi Chevrolet Nexia nafaqat O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida, balki Yaqin Sharq va Afrika avtobozorlarida ham sotilishi ma’lum qilindi. GM Uzbekistan Operations vakilining ta’kidlashicha, «yangi Nexia xaridorlar ishonchini to‘la oqlay oladi». Eski N150 modelidan farqli ravishda, yangi Nexia’da ABS va haydovchi xavfsizlik yostig‘i bor. Mashina, shuningdek, immobilayzer, kunduzgi old chiroqlar (DRL) hamda Isofix bolalar o‘rindiqlari uchun mustahkamlagichlar bilan ta’minlangan. Model GM Power