Yuragimni bir his o'rtaydi, Qani,yo'lim yaqin bo'lsaydi, Ko'nglim har on sizni qumsaydi, Onajonim sog'indim sizni. Ko'zlarimga kelmaydi uyqu, Meni qiynar bir ajib tuyg'u, Bilmadim bu, sevinchmi, qayg'u? Onajonim sog'indim sizni. Keling onam mehmonim bo'ling, Boshim uzra posbonim bo'ling, Yuragimga darmonim bo'ling, Onajonim sog'indim sizni. Yolvoraman har tong olloxga, Olib tursin sizni panohiga, Borolmasam yo'ymang gunohga, Onajonim sog'indim sizni. Tonglar qo'lim ochib duoga, Iltijolar qilgum Hudoga, Umringizni etsin ziyoda, Onajonim sog'indim sizni.