Ulug' ramazon oyida
Sog'ligingiz borida
Muborak oy, ilk kunida
Ro'za tuting do'stlarim
Shayton yo'ldan urmasin
Ishlar ortga yurmasin
Sizni Hudo qo'llasin
Ro'za tuting do'stlarim!
Bekor sang'ib yurmasdan
Nafsga siz qul bo'lmasdan
Yuraylik so'kinmasdan
Ro'za tuting do'stlarim!
Eh charchadimda demang
Erta ishim ko'p demang
Shaytonga ulfat bo'lmang
Ro'za tuting do'stlarim!
Zinolarni to'xtating,
Baxonalarni qo'ying,
Vaqtingizni ajrating,
Ro'za tuting do'stlarim!
Gunohlardan poklanib
Ko'ngillarni yumshatib
Tong saharda uyg'onib
Ro'za tuting do'stlarim!
Vaqt ham to'xtab turarmi
Bu kun yana qaytarmi
Bir kun ming kun bo'larmi
Ro'za tut