O'riklar gulini to'kkanda bahor
Meni ham gohida eslaysizmi yor
Ilinganim bormi sizga iliqlik
Yo topgan tutganim edimi ozor
Men esa sizni hech unutolmadim
O, yuzi hilolim, sarviqomatim
Sizni asrar edim sabolardan ham
Bulut yetaklagan havolardan ham
Izsiz qay bag'irga ketdingiz singib
Yigit yillarimga tomgan ey shabnam
Omadim yo'q mening, o'zi omadim
O, yuzi hilolim, sarviqomatim
Men gulzor aylangan parvona edim
Bir chechak ishqida mastona edim
O'zim ayvon, o'zim ostona edim
Hozircha do'stona, do'stona dedim
Nega yuragimga quloq solmadim
O, yuzi hilolim, sarviqomatim
Endi yurak menga aytmasu sirin
Kechalar qiynoqda yashar yashirin
Yigit yillarimga tomgan ey shabnam
Hayot qanday achchiq, h