Yig'lamagin yuragim, yig'laganing yomonda Bizga baxt quchoq ochor, orzu degan tomonda Yig'lamagin yuragim, qayg'u qolsin armonda Takror uni tilagim, so'ragani yomonda. Yig'lamagin yuragim daraxt bo'lsa diydori, Takror takror ko'ksimga botib tursa ozori, Yig'lamagin yuragim to'kis baxtlilar qayda, Shusiz ham yashar jonim maxsungina bir kuyda. Yig'lamagin yuragim umid bizga boshpona, Yaxshi nom mangu yashar omonatdur jon tana, Yig'lamagin yuragim bitta dardim aytayin, O'z baxtimni o'zimdan qizg'onsalar netayin. Yig'lamagin yuragim toshlar chiqsa oshingdan, Yomg'irlardan so'ng quyosh yog'du sochar boshingdan, Yig'lamagin yuragim sog'inch bizga qismatdir, Juda kech anglaganim qismat to'la hikmat