Bilib qo'ying hayotda, Zo'rdan ham zo'r chiqadi. Voy peshonam sho'r demang, Undan ham sho'r chiqadi. Omadni hech siz quvmang, Quvsangiz u ketadi. Doim halol bo'lsangiz, O'zi quvib yetadi. Kimdur juda aqlli, Kimdur undan o'tadi. Ko'p bilganni oxiri, Ko'p savollar kutadi. Osmondagi bulutlar, Doim uchib yuradi. Ayting qaysi zo'r inson, Mangu hayot ko'radi. Shukur qiling olloxga, Bari yaxshi bo'ladi. Manmanlikdan foyda yo'q, Har bir inson o'ladi...