Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Erkak qachon yig'laydi. Do'stlari bilan ko'chada ketayotib yo'lning bir chetida otasini mast xolda yotganini ko'rib erkak yig'laydi. Erkak qachon yig'laydi. Farzandining tobuti qanchalik og'ir bo'lmasin ko'tarishga majbur bo'lib erkak yig'laydi. Erkak qachon yig'laydi. Onajonisi olamdan o'tganida keyin unga qo'l siltab ketganini eslab erkak xun- xun yig'laydi. Erkak qachon yig'laydi. Dushmanining bergan zarbasidan emas o'sha zarbada do'stining qo'li borligini bilganda erkak yig'laydi. Erkak yig'laydi siz bilmaysiz. Dunyoga kulib qarab so'ng panada berkinib erkak yig'laydi. Erkak yig'laganda ayol buni bilmaydi. Ayollar yig'lagan narsaga erkak yig'lamaydi.