Garchi meni sevolmasang, sevgimga hech ko'nolmasang, birga-birga yurolmasang, sevaman deb aldab qo'ygin. Ko'cha kuyda ko'rganimda, majnunsifat yurganimda, tushlaringga kirganimda, sevaman deb aldab qo'ygin. Aytolmasang so'zing bilan, aytib qo'ygin ko'zing bilan, dardimni ol o'zing bilan, sevaman deb aldab qo'ygin. Dardim aytsam bezib-bezib, ko'nglim yig'lar sezib-sezib, yuragimni ezib-ezib sevaman deb aldab qo'ygin. Yolg'iz senga ishqim tushdi, yozim kelmay qishim tushdi, yolg'oninga ishim tushdi, sevaman deb aldab qo'ygin ! ! !