Bu dunyoning boyliklari sarob bilsang, Jannat senga bag'rin ochar savob qilsang, Bil nodonsan chin dunyoing xarob qilsang, Pewonangda neki bölsa körmog'ing bor, Olovmisan, qancha yonma sönmog'ing bor.
Otang keti onang keti qolib bölmas, Har kiwining könglin birdek olib bölmas, Bu dunyoga kelgan mag'lub, g'olib bölmas, Pewonanga neki bölsa körmog'ing bor, Bewik minding demak tobut minmog'ing bor.
Ikki ewik orasi bu yurub öting, Kimdir qasr, kimdir kulba körib öting, Biring yig'lab biring davron surub öting, Pewonangda neki bölsa körmog'ing bor, Tuproq eding yana tuproq bölmog'ing bor.
GUL EKMASANG TOWXAM EKMA BIRODARIM, BU DUNYODA HAMA MEHMON KÖNGLI YARIM, BOR HAQIQAT YOLG'ONI YÖ