Menga nasib etmagan Gulim,Hamon borsiz xayollarimda.Xotiralar – sodiq yo‘ldoshim,Asrayapman yuraklarimda.Yashayapsiz xayolim bo‘lib,Mening har bir nigohlarimda.Goho isyon, goh tug‘yon bo‘lib,Borsiz hatto gunohlarimda.Ba'zan sog‘inch, ba'zan hijronsiz,Тugatguvchi adolarimda,Ba'zan alam, ba'zan armonsiz,Тopmaganim xatolarimda.Oh, ba'zida muhabbat bo‘lib,Shirin otash titroqlarimda,Ba'zan esa nafratim bo‘lib,Yashayapsiz qiynoqlarimda.Menga nasib etmagan Gulim,Hamon borsiz firoqlarimda.«Baxtmidi yo baxtsizlik?» deyaSo‘ralguvchi so‘roqlarimda.