Kuygan bu ko'nglimning zori bo'lsang ham
Armonlar kuyining tori bo'lsang ham
Sen asli birovning yori bo'lsang ham
Borliginga shukur yorug' dunyoda
Nozik qo'llaringdan tutmaydi qo'lim
Garchi sendan ayro qismatim yo'lim
Sen bilan bu olam bunchalar so'lim
Borliginga shukur yorug' dunyoda
Sog'insam qarashga yetmas bardoshim
Sen yerda yoqutim ko'kda quyoshim
Kipriklari hanjar ey qilich qoshim
Borliginga shukur yorug' dunyoda
Senga tikon kirsa tilinar jonim
Olov ichra yonar et ustihonim
Hayolingsiz o'tmas hatto bir onim
Borliginga shukur yorug' dunyoda