O'zim bilib-bilmay ko'p gunoh qildim, Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'kka tikilib, Maysalar ustida, gulning tagida... Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, Mening tor ko'nglimga sig'mas bayramlar. Dilimga ilonning tillari yetdi – Po'st tashlab, turlanib yurgan nayranglar. Endi kun ko'rishim qiyindan- qiyin, Endi havolar ham og'irdan-og'ir. Achchiq-achchiq yig'lab, yo'l yurgan sayin Uzun-uzun bo'lib sudralar xotir. O'zim bilib turib, ko'p gunoh qilib Ko'proq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'zlarim tinib, Suv ichgan chog'imda qizning kaftidan. Endi meni qiynar qiyoqning guli – Nozik kapalakning hidsiz qanoti. Endi meni qiynar vaqtida o'lib, Men
Tilak Ko’zlarimda qalqiydi dunyo, Lablarimda titraydi bir sas. Yiroq kеtma mеndan olislab, Yonimda bo’l mohim bir nafas. Kеchaylik biz dunyolaridan, Barham bеrib qiynoqlariga. Xayollarim sеni dеb faqat, Soch o’ralsin barmoqlarimga. Sizni boshqasiga bеrgim kеlmaydi, Osmon yulduzini qizg’onganidеk. Sizdan o’zgasini sеvgim kеlmaydi, Xuddi bu jon tandan chiqib kеtgudеk. Umring oqib o’tgan suv, Vafo topilmas boylik. Sеvgi og’u dеmakdir, Vaqt tinmaydi sho’x soydеk. Olovga o’xshashni istamasdim hеch, Lov etib yonaru, o’char alanga. Imkoni bo’lsaydi, rozi bo’lardim, Aylanib qolmoqqa tirnoqlaringga. Quvonchbek Karimov Bosh sahifa