O'tib ketayabdiku umrim bahori, Odamlarga o'xshab bir savob olay, Qalbimning yagona o'tinchi zori, Dunyoni to'xtating men tushib qolay. Borolmayman quruq qo'l bilan, Bir bog' yaratay qolmay cho'l bilan, Ketgim kelmayabdi bunday yo'l bilan, Dunyoni to'xtating men tushib qolay. Qanday sinov kutar axir bilmayman, O'n marta yig'lasam bir bor kulmayman, Yolvoraman endi gunox qilmayman, Dunyoni to'xtating men tushib qolay.