Bilsang Muhabbat Ham Jasorat Do'stim !
Dunyoda hammaning tutgan yo'li bor,
Kimlardir yolg'iz-u, kimning jufti bor.
Barcha totlining ham achchiq ham sho'ri bor,
Sevgida hammasi tumonat, do'stim.
Birov hijronidan kuyadi bugun,
Kimdir razolatdan olay deydi hun.
Sen nolib so'rama: "Bu azob nechun?"
Muhabbatga kerak matonat, do'stim.
Ko'zlarni yuvadi o'rtangan yoshlar,
Gohida ko'ngilga otilar toshlar.
Bo'ysinib egilur ne mag'rur boshlar,
Sevgini anglash ham mahorat, do'stim.
Sevgan muhabbatdan oladi saboq,
Muzlagan yurakni qiladi qo'rqoq.
Sen ham sevib qolsang, hayotga tik boq,
Bilsang, muhabbat ham jasorat, do'stim.
Hayot joning qiynagan bir
payt...
Qalbing ozor chekib yig'lagan bir payt...
Közingni yumginu yurak yurakdan...
Men ham kim uchundir kerakman deb
ayt...
Uyqum kelmaydi tinchim yo'qolgan,
Charchagan horigan, bezovta ruhim.
Tashvishlar yurakka in qurivolgan,
Ko'ksimni yirtgudek o'tli anduhim.
Ha, esimda aniq ancha yil oldin,
Ayriliqning mungli oqshomi edi.
Aqlimning oldiga kelib yuragim,
Endi adashmayman deb vada berdi.
Shuncha yil o'tibdi mana oradan,
Xo'sh yurak so'ziga tura oldimi.
Bemani o'ylardan bir zumga chalg'ib,
Yo'lin haqiqatga bura oldimi?...
Yo'q. unday qilmadi bemani yurak,
Aqlning so'ziga kirmadi nomard.
Menga dedi:-Dilmurod sevishing kerak,
O'sha qizga borib sevaman deb ayt.
Menam qolishmayman tentak yurakdan,
Yarim tun...Men unga qo'ng'iroq qildim.
Unga aytdim:-Balki o'zing bilmassan