Aya, tayyor turing, erta yo indin, Bayramlar qilamiz, to'ylar qilamiz. Qo'llarim qavarib omad yasadim, Shuncha jimlik yetar, Endi kulamiz! Men sizni boshimga ko'tarib olsam, Eng oliy taxt bo'lsa boshlarim mening. Har kun kaftingizdan mukofot olsam, Marrasi bo'lmasmi Sizi bor kunning?! Dumi o'sib borar ayyor tulkiday, Tanib- tanimagan g'iybatlar bitsin. Do'st-u, dushmanni ham savoblar yo'qlab, Baxt qo'li hammaga,Hammaga yetsa!!! Oz qoldi, bir kuni... Erta yo indin, Kelyapdi biz yashab ko'rmagan kunlar. Tayyorlanavering, shoshmay, bugundan, Bugundan o'tmishning g'ami yakunlar!