Yuragimda alamlar,Kun sayin ortar g`amlar.Sizga havas qilaman, Otasi bor odamlar.Olam ichra olamsiz,Betashvishsiz,beg`amsiz,Eng badavlat odamsiz,Otasi bor odamlar.Tekis ravon yo`lingiz,SHodlik to`la dilingiz,Ko`kka yetar qo`lingiz,Otasi bor odamlar.Kunduz quyosh ko`rk,chiroy,Tunda sochin silar oy.Qirq yoshda ham erkatoy,Otasi bor odamlar.G`amda bag`rin tilmaydi,Tashvish nima bilmaydi.Qoqilmaydi,sinmaydi,Otasi bor odamlar.Ketgan qaytmas bilaman,Yurak bag`rim tilaman.Sizga havas qilaman,Otasi bor odamlar.