Sevdim o'shal gulni,
Qadrim bilmadi hech.
Sevdim o'shal gulni,
Vafo qilmadi hech.
Yolg'onni rostga burolmadim,
Bir tabassuming ko'rolmadim.
Boshim ko'tarib yurolmadim,
Vafo qilmadi hech.
Egildim hijronidan,
Yiqildim osmonidan.
Yoddek o'tdim yonidan,
Vafo qilmadi hech.
Yolg'onni rostga burolmadim,
Bir tabassuming ko'rolmadim.
Boshim ko'tarib yurolmadim,
Vafo qilmadi hech.
Qalbim to'la armon,
Qiynar shubxa gumon.
Ammo sog'indim yomon,
Vafo qilmadi hech.
Yolg'onni rostga burolmadim,
Bir tabassuming ko'rolmadim.
Boshim ko'tarib yurolmadim,
Vafo qilmadi hech.