O'qidim judayam ko'p o'qidim... Ammo, uqqanlarim juda ham ozdir. Bunga sabab agar o'qiganlarimning barini uqqanimda o'zimni bunaqa tutmasdim. Barobar bo'lmasdim dushmanga aslo... Do'stlarimning qadrin bilardim...
Akalar, ukalar, opa- singillar, Asrang bir-biringiz, to'lsin ko'ngillar. Yaxshi kun ko'p bo'lsin, mehrdan yashnang, Do'stlarim, diydorga talpinib yashang... Akalar-ukalar, opa-singillar, Oramizda kim bor, kim yo'q ertaga. Xasad emas havas yurakda to'lsin, Xasad emas havas qiling barchaga... Shunda baxt eshigin ochadi sizga, Shunda dil shodlikdan yana yengillar. Yana nasib etsin uchrashmoq bizga, Akalar-ukalar, opa-singillar!
Ollohimning marhamati bilan hayit kuni farzandli bo'ldim. Yaxshi niyat bilan ismini Akbar Ali deb qo'ydim. Hamma tabrik yo'llaganlarga tashakkur. Lekin smslarni ocholmayapman ming bor uzr...