Qozonning oldiga borma deydilar albatta qorasi tanga yuqadir Abu Xanifa ham aslida aytmish Iymon amal ila aka ukadur Ikkisi bir zamon bino bo’lgandek Ko’zga surmo yoki xino bo’lgandek Aroq bor majlisda zino bo’lgandek Iymon amal ila aka ukadur Olloh bor deyishla ish bitmas oshna Cho’l suvga zoriqqan singari tashna Zulimning oxiri xorlikka oshna Iymon amal ila aka ukadur Amalsiz diyorlar xashakli xasli Go’yo qor izg’igan saraton fasli Mazxabiy xiloflar lavziydir asli Iymon amal ila aka ukadur Birodar amal qil kufirda turma Olloh qalbda bo’lsa bas dep o’y surma Biridan boshqasin ayira ko’rma Iymon amal ila aka ukadur Amalsiz iymonni shaytonlar yerlar Iymonsiz amal ham xabata derlar Ular go’yoi