Bugun tong tush ko'ribman, Jonsiz yotardi tanam. Dunyolarga sig'masdan, Kuyib yig'lardi onam. Kuzatardim samodan, So'zimni aytolmasdim. Rosa harakat qilib, Tanamga qaytolmasdim. Onam nolalariga, Ruxim berolmas bardosh Nega tushunolmasdim, O'lib kettimmikin yosh. Uyimizda dod faryod, Onamdan uzmasdim ko'z. Bolam qayoqqa ketting, Faqat azobli ko'p so'z. O'lganimga ishondim, Onamni quchdim asta. Ona bo'ldi kuyinmang, Bo'lib qolasiz xasta. Cho'chib uyg'onib ketdim, Xali chiqmapdi quyosh. Telga sms keldi, O'qib ko'zga oldim yosh, Bolam tushimga kirding, Mani asta quchoqlab, O'zizi asrang diding, Yurak bag'rimni dog'lab. Manda hamasi yaxshi, Sani duo qilaman, O'zingni asra bolam.Sani yaxshi ko'ram