Nimadan kelib chiqar,
Baxtsizlik musibati.
Bir atirgulga o'xshar,
Qizlarning muhabbati.
Qo'l tegmagan gulg'uncha,
O'n sakkizga to'lguncha.
Juda nozik tushuncha,
Qizlarning muhabbati
Yigit sevsa albatta,
Borib aytadi shartta.
Dilda qolar alamda,
Qizlarning muhabbati.