Siz erkak emassiz, siz hotin quli, Bir kuni bo'lasiz do'zahning kuli. Unvoningiz bo'lar shaytonning o'g'li, Hotinni onadan afzal bilganlar. Onaning holidan olmaysiz habar, Lek har kun guldasta olar u dilbar. Ona ham do'st erur, oma ham jigar, Hotinni onadan afzal bilganlar. Bir oyda bir bora so'ramaysiz hol, Onangiz bu holdan goh garang, goh lol. Oh sizga nasihat, saboq ham uvol, Hotinni onadan afzal bilganlar. Onangiz shuncha yil chekkanda zahmat, Qiyinmi ko'rsatish unga muruvvat. U ham bu dunyoda olsinda rohat, Hotinni onadan afzal bilganlar. Olloh sizdaylarga yog'dirsin lanat, Rosti ham qarg'ishga arziysiz faqat. Tezroq bering endi tavbaga navbat, Hotinni onadan afzal bilganlar. Sozlarim
Tor shimlaru kalta yupka moda bo'lib, Gunohlarga to'lib ketti ko'zlarimiz. Yana qo'lga qalam oldim sabrim to'lib, Uzun ko'ylak kiymay qo'ydi qizlarimiz. Uzun ko'ylak kiysa qanday yarashardi, Har millatki havas bilan qarashardi. Boshlariga harir ro'mol o'rashardi, Uzun ko'ylak kiymay qo'ydi qizlarimiz. Qiz ko'rinsa yerga qara ko'kka qara, Ko'nglim deydi sen Hudodan insof so'ra. Shahardayam, qishlogdayam shu manzara, Uzun ko'ylak kiymay qo'ydi qizlarimiz. Ko'z ko'z qilgan qomatiga yonar yurak, Yomon dilda uygonadi yomon tilak. Qoldimikan ko'z tegmagan oppoq bilak, Uzun ko'ylak kiymay qo'ydi qizlarimiz. Shim kiygan qiz demagayman aslo yomon. Singillarim ogir olmang so'zlarimiz. Lek bilmadim oda