Dugonangga sim qoqdim bugun,
''Alo'' dedi. Seni so'radim.
Gaplashgisi kelmayapti deb,
Bosib qo'ydi, tushunolmadim.
Meni senga kim yomonladi?
Gaplashging yo'q, gunohim
nima?
Axir seni bir yil ko'rmadim,
Nahot sevging topdi hotima.
Bilaman, sen yonida eding,
Hayron bo'lib SMS yozdim.
Shunchalikka borasanmi-a?
Lekin sendan kutmagan edim.
Qayda qoldi shirin orzular,
Sevishingni takror aytarding.
Na qo'ng'iroq, na bir SMS,
Qay biriga javob qaytarding?
Sen butunlay o'zgaribsan, rost,
Oldinlari bunday emasding.
Faqatgina siznikiman deb,
Esla, qo'yarimga qo'ymasding.
Xa, aytgancha esingdamidi,
Chap ko'ksimga bitgandim
isming,
O'sha-o'sha chandiq bo'p qoldi,
Aytmasamam yaxshi