Besh yosh edim, o'qimoqchi bo’ldim namoz, Sura yodlash masalasi qiynardi biroz. Shunday qilib o’tdi qishu, o’tdi bahor, yoz Menga erta ekan deya bo’ldim benamoz. *** Kunlar o'tdi, qarshiladim o'nta bahorni, Ertayu kech cho'milardik zeriktirmay anhorni. Joynamozni chetga.surib tutdim dutorni, O'yin bilan o'tdi.kunim, bo'ldim benamoz. *** Kelib qoldi yigirma yosh bo'lib mehmon, Iymon emas qalbda sevgi bo'ldi sulton, Yor vasliga yetay deya sarson sargardon, Ishq o'tida kuyib yonib, bo'ldim benamoz. *** Qirq yoshimni qarshi oldim to'kib savlat, Yelib- uchdim to'play deya molu davlat. Masjidga yur desa dedim yo'qdir fursat, Bu dunyoni dardida bo'ldim benamoz. Oltmish bahor ötdi, oltmish kun misol