Sabr qilgin ko'radi Xudo, Niyat qilsang beradi Xudo. Berganiga shukr qilmasang, Bilib qo'ygin uradi Xudo. Uch ne'matni qadriga yetgin, Oilani, omadni, do'stni. Shu so'zlarni yodingga tutgin, Ochib yasha ikkala ko'zni. Kimni goho sinaydi Xudo, Kimni goho silaydi Xudo. Har insonni asl yuzini, Faqat o'zi biladi Xudo. Uch boylikni ehtiyot qikgin, Iymoning, sog'liging, umiding. Shirin baxting avaylab bilgin, So'ndirmagin dildagi o'tni!