Xudo asrasin......
Sho'r yerni tuprog'idan,
Erini aldaydigan ayollarni ko'prog'idan.
Baliqni qiltig'idan-u,
Dushmanni miltig'idan.
Manisiz g'azaldan,
Har xil tarqalayotgan kasaldan asrasin.
Yurtimizda g'am bo'lmasin,
Birov birovdan kam bo'lmasin,
Iloyim kipriginglar nam bo'lmasin.
Dardli kulfatdan,
Yomon odamni kuzidan,
Yolg'onchini so'zidan,
Yonmaydigan o'tindan,
Ko'cha ko'rgan xotindan,
Zang bosgan pichoqdan,
Xiyonatkor quchoqdan,
Latta chaynar erdan,
Hosil bermas yerdan.
Xudoni o'zi hamma hammasidan asrasin