umid rang tugma... Yurak ingrar - "Zõr keldi
firoq..." G'urur yonar - " Aslo bosh egma!" Hijron
yoqdan esgan bir epkin - Boshlab kelgan ayrilmoq
faslin. Umid ipin bog'lashi mumkin - Bittagina
qõng'iroq asli... Imillagan soatlar og'ir, Yillar qadar olis daqiqa. "Sizni juda sog'indim axir..." Shu
sõzlarga kõchgan haqiqat... Xõrsinaman.
Kiprigimda nam, Kutilmog'i qadar qadrli... Menga
g'urur qiladi alam - Zohiringiz shuncha sabrli?!
Bilmoqni ham istamaysiz Siz - Sog'inchlarga
boryapman chôkib... Chorasizlik qoshida yolg'iz - Umidsizlik yoshlarin tõkib... "Bõldi,yetar! Kelmang
sog'inib! Sizni sevib,xato qilibman! Muhabbatdan
kuyib, og'rinib, Yuragimni ado qilibman..." Va
bosganim -umid rang tugma, Sizni kutgan
sog'inch - qõng'iroq...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев