Bitta gapga ko`nsaydi.
Koshki gapirganingda,
Jag`i bir zum tinsaydi.
Na kunduzi, na oqshom,
Tinch bo`lmaysan dastidan,
Tepasidan gapirsang,
Gap qaytarar pastidan.
Qo`g`irchog`day kiyintir,
Burkab qo`y gul ifforga,
Raxmat eshtmaysanda,
Jonni bersang "Jabborga"
Erkak axir askarmas,
G`o`ddayib tik turgani.
Xaqqiyam qolmadimi,
Qizlarni tush ko`rgani.
O`ngingda qarab qo`ysang,
Ko`zlaringa tiqar qo`l.
So`rashib qo`ysangmi ox,
Yog`diradi tosh va do`l.
Men xam ojiz bandaman,
Uxlayman, tush ko`raman.
Sensiz xotin, tushimda,
Jannatlarda yuraman.
Tushimdagi qizlarga,
Xurlar qiladi xavas.
Lablaridan tomar bol,
Senga o`xshab kobramas.
To`xta! Uch qizaloq besh o`g`il,
Qaydan keldi bu sanoq?!...
Oltitasi kimniki,
Javob ber tez Oybadoq.
Tushda qiz ko`rdingiz deb,
Rosa qilding shikoyat.
Men tushimda, o`ngingda,
Qilibsanku xiyonat.
Afsus xozir ishdaman,
Bo`shay uyga elaman.
Oyoqaringdan osib,
Naqd teringni shilaman.
Xazillashdim xotinjon,
Bari bola bizniki,
Lek, eringday ko`rkam er,
Ko`cha kuyda qizniki.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1