Xor bo`lsam, dillari shodlikka to`lsa. Men hatto kiprik ham qoqib qo`ymayman, Roziman Hudoyim ne yozgan bo`lsa. Zaxar tutsa hamki zaxar deb ichgum. Joningdan kech desa o`ylanmay
kechgum.
Ranjitolmas mani bu damda
hech kim.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
Kamini bildirmay ortiq etarman.
Rizolik kuyini tortiq etarman.
Toshlarni boshimga yostiq
etarman.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
Noshukrlar kabi sochlarim
yulmay.
Ketarman indamay, ertani
bilmay.
Shodon damlarimga xijolat
bo`lmay.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
O`rgandim har nega tilni
tiyishga.
Hattoki birovning g`amin
yeyishga.
Tilim bormas, yomon kunlar
deyishga.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
Ne foyda, bilmagan ishga qon
yutib.
Yo devona misol beparvo o`tib.
Solih odam kabi natija kutib.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
Shukrki, qalbimda yo`q erur
gumon.
Taqdirga ters bormoq ishdir eng
yomon.
Hayr bor, yomonlik aslo yo`q
debon.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
Boshim ko`tarmasman, oyatlar
tinglab.
Og`risam qarshilik qilmasman
ingrab.
Eng go`zal onlarga yig`lab va
yig'lab.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
Rasulim o`rgatgan go`zal bir
sunnat.
Qalbimga o`rnashgan faqat hush
niyyat.
Tinmayman, baribir so`rab
ofiyat.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa.
Paxtadek yog`ilgay yomg`ir-u
do`li.
O`ng tomon tuyulgay ulashgan
so`li.
Jannatga kirishning eng oson
yo`li.
Roziman Hudoyim ne yozgan
bo`lsa!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1