
Uni gazga qo'yipti.
Qaynaguncha pinakka,
Kelinposhsha ketipti.
Choynakdagi suvi ham,
Qaynab qurib qomapti.
Ko'zin ochib qarasa,
Suvni hech kim omapti.
Baxti ekan kelinning,
Qaynonasi ko'rmapti.
Ne qilsa ham yumushda,
Kamchiligi to'lmapti.
Avval sira qilmagan,
Kelin bo'lib yopti non.
Urganolmay bechora,
Qiynalibti xo'p yomon.
Tandiriga yopishmay,
Qaytib chiqar nonlari.
Issig'iga dosh bermay,
Kuyib qolar qoshlari.
Zo'rg'attalab, amallab,
Yopib olsa nonini.
Bir tomon kuyib ketsa,
Pishmay qolar bir yoni.
Pishmasdan tushib ketar,
Yashiradi tez uni.
Berkitib molga berar,
Kulga tushgan nonini.
Maqtab qoldi kelinni,
Qaynonasi bir kuni.
Mollar ham biram xursand,
Kelin non yopgan kuni.
Mollar qoldi semirib,
Kelinimiz boqqanda.
Rahmat aytar bo'kirib,
Kelin nonlar yopganda.
Kelin baraka topsin,
Mollar yaltirab ketti.
Kelinposhsha qizarib,
Qo'li qaltirab ketti.
Kelin aybin yuvay deb,
Bir qoyil qoldiray deb,
Besh litr paxta yog'ga,
O't yoqibti dog'lay deb.
O'tni yoqib o'choqqa,
O'tinlarni qalaydi.
Birdan qozon lov etib,
Yonib ketti bir payti.
Buni ko'rgan qaynota,
Qopqog'ini yopibti.
Qozondagi bor yog'i,
Qop-qorayib qolibti.
Qovun tushurgan kelin,
Darrov ko'z yosh qilipti.
Ko'nglin olib qaynota,
Uni hafa qilmapti.
Qo'ying kuyinmang kelin,
Kelgan balo shu bo'lsin.
Hech kim bilmasin buni,
O'rtamizda sir bo'lsin.
Sizga aytsam qizlarjon,
Quloqlarga ilvoling.
Qilib uyning yumushin,
Har bir ishni bilvoling.
Maslahatim ilsangiz,
Tayyorlaning hozirdan.
So'ng qiynalib qolmaysiz,
Nonlar tushmas tandirdan.
m: admin asilbek


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 36