Ey do'stlarim diydor qadrini Musofirda yurgandan so'rang Sog'inch dardi, kutish sabrini Mashaqqat-la yengiydi arang Kulganiga ishonmang uni Qalbin har kun alam tig'laydi Lek yig'lamas unitmang shuni U o'rniga samo yig'laydi Yaqinlari yodga tushganda Ba'zan bir oz ho'rsinib qo'yar Yuragida mehri toshganda Muhabbatning bag'rini o'yar Kun sanaydi, o'tmaydi vaqt ham Lekin umri o'tar seldayin Ishonadi keladi baxt ham Visol kelar mayin yeldayin Azizlarim vatan qadrini Olislarda yurgandan so'rang Ayriliqning achchiq jabrini Har kun ming bor to'laydi qarang... ...o'z ijodimdan.. . 28.06.2016. Sanjarbek Jo'rayev
    4 комментария
    302 класса
559544388468

Sanjarbek Jorayev

559544388468

Sanjarbek Jorayev

559544388468

Sanjarbek Jorayev

559544388468

Sanjarbek Jorayev

Показать ещё