O'zi
meni yaxshi ko'rasizmi degan
savollaringni.Sog'indim... Har
kech o'tgan samimiy
suhbatni.Sog’indim... Uzun salom
berib quvnoq
kulishlaringni.Sog'indim...
Beg'uborligingni, hech hafa
qilmas so'zlaringni, samo
mukammal yaratgan husningni
ta'riflab bo'lmas, doim ayb
qidirganda ojiz qoladigan
xislatlaringni.Sog'indim...
Derazadan osmonga termulib
hayol surishingni, yomg'irni
kutishingni, yomg'irda esa
yo'qotgan narsasini topib olgan
odamdek
quvonishingni.Sog'indim... O'sha
ilk uchrashgan ko'chamizni,
o'sha bog'ni, birinchi
o'rindiqdagi birga o'tirishimizni,
uzoq yo'ldan olib kelingan
muzqaymoqni shoshib
yeyishni.Sog'indim... Yo'l uzoq
bo'lsada, yayov yurishni,
qo'rqinchli odamni ko'rsang
yonimga yashirinib
olishingni.Sog'indim... Bir
avtobusni ikkinchi, uchinchi
marta kelganini ham o'tkazib
yuborib bekatda suhbatlashib
o'tirishni.Sog'indim... Mashinani
uzoqda qoldirib, yoninggacha
piyoda borishni, yo'l-yo'lakay
aytmoqchi bo'lgan gaplarimni
yodlab olishni, seni ko'rgach
hammasini unutib
qo'yishni.Sog'indim... Alamli
bo'lsada, qo'ng'iroq qilib, yig'lab,
dardlaringni ishonib ayta
olishlaringni.Sog'indim... Hamma
hammasiniSog'indim...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7