Предыдущая публикация
— Hozir nima demoqchiligimni
bilasizlarmi?
— Yo'q bilmaymiz.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga
gapirishning foydasi yo'q, - deb
ketib qolibdi.
Ertasiga kelib:
— Men nima deyishimni
bilasizlarmi —debdi.
Xalq:
—Yo'q.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga
gapirishning foydasi yo'q.
Ertasiga xalq kelishib olibdi.
"Yarmimiz bilamiz, yarmimiz
bilmaymiz deymiz".
Jarchi yana eski gapini takrorlabdi.
Xalq kelishganidek javob beribdi.
Jarchi:
— Unday bo'lsa, biladiganlaringiz
bilmaydiganlarga aytib qo'ya
qolsin, - deb ketvorgan ekan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев