Qoshing qora, ko`zlaring qora Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslay olmasang o`zim eslatay Bolasisan O`zbekistonni.
Qachon kelding bu yerga o`zi Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsanku Qorayibsan, ozip to`zipsan.
Jilg`alarsiz daryo quriydi Daryoyingni qo`yma unutib
Yur, barini eslaymiz birga Aylantiray qo`lingdan tutib.
Yodingdami beshiging o`g`lim? Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara Bosib o`tgan izing ketmagan
Ana, onang tandir yonida, Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajramasdinku, Sog`intirding sen uni buncha,
Akang bilan uchirgan varrak Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab Tishlaganing yutolmayapti.
Ohirgi bor qachon eshitding