Qoshing qora, ko`zlaring qora
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang o`zim eslatay
Bolasisan O`zbekistonni.
Qachon kelding bu yerga o`zi
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsan-ku!
Qorayibsan, ozib to`zibsan.
Jilg`alarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qo`yma unutib
Yur, barini eslaymiz birga
Aylantiray qo`lingdan tutib.
Yodingdami beshiging o`g`lim?
Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara
Bosib o`tgan izing ketmagan
Ana, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajralmasdinku,
Sog`intirding sen uni buncha,
Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab
Tishlaganing yutolmayapti.
Oxirgi bor