Birinchi bob
STUDENTLAR OLASRYORSKDA
Muxtaram kitobxon! Men sizga bu voqea bir oilaviy solnomaning hali vaqt sarg'aytirib ulgurmagan sahifalarida qanday bayon etilgan bo'lsa, shu holicha hikoya qilib bermoqchiman. Mazkur solnoma menga shu qadar ishonarli ko'rindiki, undagi qahramonlar ismini özgartirish yoki voqealarni böyab körsatishni ortiqcha deb bildim. Bu voqeani bayon etgan odam öta rostgöyligi b-n mashxur edi. Shunday ekan, bu odamning öziga özi riyokorlik qilishiga hech qanday asos qolmaydi. U yozgan har bir satr ishonchga molik, shu boisdan haqiqatni bekorchi uydirmalar b-n almashtirishni ep körmadim.
Vengriyadagi bizni qiziqtiruvchi voqealar XIX asrda Sharoshpatak universitetining 2 studenti pasxa arafasida tushdan keyin Olasyorsk mayxonalaridan biriga adashib kirib kelganlaridan boshlanadi. Ular bahorgi ta'tilni ötkazish uchun qöshni komitatdagi Bornosga Patak shahrining özidan piyoda yölga chiqishgandi: u paytlardagi talabalar hozirgidek nozik emasdilar. Biror yoqqa borish kerak bölsa, zipillab piyoda ketaverishardi. Ovqatlanish masalasiga kelsak, ösha davr talabalarining qorni hozirgiga qaraganda tez-tez g'ulg'ula qilib turardi.
Trubka chekib turgan bekadan tamaddi qilishga hech narsa yöqligini eshitgan soqol-möylovli talabalarning aftlari burishdi.
-Hm-m, sero venienlibus(lotincha - kechikkanga ustuxon qoladi), deya gap qistirdi mayxona egasi, u ham pazandalik bobida lotinchadan xabardorligini bildirmoqchi bölib. - Biror soat burunroq kelsanglar bölmasmidi, janoblar? Naq palatinning sölagini oqizadigan qovurdoq qiluvdim.
-Xolajonimiz biron narsa jiz-biz qilib bermasmikanlar?-dedi talabalardan biri oshxona bekasiga termulib. Beka trubkasidan pag'a-pag'a tutun buruqsatarkan, tantilik bilan rozi böldi.
-Ha, mayli, uch-tört jöjam bor. Hovlida yurishibdi. Tutib kelsanglar bir zumda 2 tasin qovurib beraman.
Nega endi tutib bölmas ekan? Sharoshpataklik talabalar istagan narsasini, xatto, arvohni ham tuta oladi. Xuddi ösha yili Pali Molnar ismli talaba bir arvohni ushlagandi, holbuki, arvohning jismi yöq, uni qöl bilan ushlab bölmasligi hammaga ayon. Jöja esa mutlaqo boshqa gap! Tög'ri, jöjalar biroz nimjonroq edi. Shunga qaramay, talabalar, mayli, bölaveradi, degan qarorga kelib, hovliga chiqishdi-da, jöjalarni quva boshlashdi. Xatar sezgan jöjalar og'ilxona, qönoq, ötin sarjinlari orqasiga ura qochishdi.
Hovli örtasida charm örindiqli, yengil vengr kolyaskasi turgandi. Qayishlari böshatib qöyilgan otlar yilqi zotining jon-tani, ammo negadir odamlar yemto'rva deb atagan narsaga bosh tiqib turishardi. Törva ichidan bir me'yorda kurt-kurt ovoz eshitilardi.
Kolyaskaning orqa örindg'ida malla rang, kök köz, oriq bir bola yastangancha oftobda isinib o'tirardi. Arava hovliga kirib kelganida darvoza yonidagi qiyg'os gullagan bodom daraxtiga tegib ötgani uchun bola ustiga oq pushtirang gul shonalari tökilgandi. Bola shonalarni terarkan, ularni qiziqib tomosha qilar, sõngra zavq bilan yaproqchalarni bittalab yulardi. Otlar yonida kuymanib yurgan kucher boladan yana bir bor söradi:
- Layosh, endi tushsangiz bölarmidi?
- Nega endi?
- Vinodan tatib körmaysizmi?
- Yöq, ichgim kelmayapti.
Biroq hovlida möylovdor talabalar paydo bölishib, jöjalarni quva boshlashganda bolaga jon kirdi. Buning ajablanarli yeri yöq. Chunki sharoshpataklik talaba har doim ham uchrayvermaydi. Hozir esa birdaniga 2 tasini, tag'in jo'ja quvlayotganlarini köryapti-ya!
Bola aravadan tushib, talabalarning jöjalarini tutish yoki urib yiqitish maqsadida biror qulay burchakka qamash uchun yelib-yugurishlarini kuzata boshladi.
Bunday g'aroyib tomoshani kuzatish uchun bir zumda ancha-muncha xaloyiq töplandi. Qöshnilar devordan böyinlarini chözib qarashardi. Agnessa va Panni ismli shöx qizlarni oshxonada idish-tovoq yuvishdan köra yosh, kelishgan boyvochcha yigitlar köproq qiziqtirardi. Agnessa hatto anovi ozg'inroq talabani tanirdi ham (uning otasi juda e'tiborli odam edi).
Karvon saroydagi shovqin-suron uezd boshlig'ining mirshabi Dyuri Saboning ham e'tiborini öziga jalb etdi.
Tög'ri, Sabo mayxona atrofida öralashib yurgani yurgandi, chunki uni bu yerga nokas nafsi insu jinsday yöldan urib haydab kelardi. Biroq bu safar mirshabni hovlidagi g'ala-g'ovur qiziqtirib qoldi. Bunday ajoyibotni - och talabalarni jöja quvlashlarini tomosha qilmaslik gunoh emasmi axir: ana, qölga tushdi. Ex, ablax, yana qochib qoldi-ya!
Gurra kulgu ko'tarildi, har tarafdan kinoyali sözlar yog'ildi. "Nimasini aytasiz, judayam noshud ekan-ku bu talabalari tushmagur! Janob proffessor Kyovi jöja tutishni o'rgatmagan-da ularga. Bu borada tulkiga yetadigani bölmaydi".
Mayxona egasi ham chiqib keldi, u xotiniga juda öxshab ketardi. Er-xotin özaro shu bilan farq qilardiki, ulardan biri köylak kiysa, ikkinchisi shim kiyib yurardi; undan tashqari, er trubkani chap qölida ushlasa, xotini öng qölida tutgancha boshqa qölini viqor bilan biqiniga tirab turardi.
- He-y, he-y janoblar, extiyot bölinglar! Xotinimning sevimli xõrozini mayib qilib qöymanglar yana, huddi baloga qolasizlar-a! Hey, Napoleon! Qoch, qoch deyapman senga!
Hovlidagi parrandalar orasida toji shapaloqday, yaltiroq patlari qirg'ovulnikiga öxshash kattakon xöroz ham bor edi. Uning hurpaygan dumi ostidan chiqib turgan uzun oq patiga bosma harflar bilan: "Vivat Napoleon Bonapart!" deb yozib qöyilgandi.
- Hu, anavi, sarg'ishi yoki oppog'ini uringlar! - deya baqirdi xöjayin. - Hu, ana, og'ilxonaga yugurib ketyapti...
Talabalarning bexuda ovora bõlayotganlarini körgan gimnazist chöntagidan sopqonini olib, tosh soldi-da, aylantirib turib bog'ichni qöyib yubordi. Tosh havoda öqday vizillab borib huddi möljaldagi jöjaning boshiga tegdi, jöja bir zum pitirlab turdi-da, jon berdi qöydi.
Bu jöjaning boshqa sheriklariga qaraganda köproq omadi keldimi, har qalay cho'loq bölishi yoki oshpaz pichog'i ostiga tushishdan qutulib qoldi. U tovuqlar qabilasiga qarshi buyuk yurish vaqti - jang maydonida sharaf bilan til tortmay halok böldi.
- Valde bene!(lotincha - juda soz!) - deya ma'qullab qichqirdi mayxona egasi. - Bunday merganlik faqat Xudo bilan janob Dyorining qo'lidan keladi!
Gimnazist bola sopqonga yana tosh solib otgandi, oq jöja ham jonidan judo böldi.
- Tag'in kerakmi? - biroz maqtanib söradi bola.
Uning kekkayishi odamning kulgusini qistatardi. Vo ajabo! Mushtdek bola: "Tag'in kerakmi?"- deb kap-katta talabalarning sharmandasini chiqarsa-ya!
Xayriyatki, talabalar uning gapini eshitmadilar, hatto öziga ham e'tibor bermadilar. Sharoshpataklik talabalar odatda kalondimog' böladilar. Allaqanday gimnazist bolaga nazar tashlashni u öziga ep bilmaydi. Sher panjasi ostidagi chumoliga e'tibor bersa beradiki, ammo sharoshpataklik student oddiy bir bolakayga qarashni hayoliga ham keltirmaydi. Haqiqat bari bir haqiqatligicha qolaveradi. Hech qachon besh barmoq baravar bo'lmagan-ku, axir!..
Biroq baquvvat, malla soch, dumaloq boshli ikkinchi talaba gimnazistga yaqinlashib, uning yelkasiga qoqib qöydi: - Rosa boplading-ku! Hay, katta bölaver, uka!
U boshqa hech narsa demadi. Ammo bolakay talabaning maslaxatini qulog'iga olib, shundayam ulg'aydiki, 25-30 yillardan keyin dumaloq bosh talaba uni uchratarkan, bir vaqtlardagi mergan bolakayni tanisa ham, közlariga ishonmay qoldi.
- Bolaning ismi nima? - deya beparvolik bilan söradi u törvalarni yig'ishtirayotgan izvoshchining yonidan ötib ketayotib.
- Layoshka Koshut((1802-1894) - 1848-1849 yillardagi vengr xalq revolutsiyasi va milliy ozodlik harakatining bo'lajak dohiysi; Vengriyaning eng atoqli milliy qahramonlaridan biri) - deb javob berdi izvoshchi.
- Chaqqongina bola körinadi! - deb qöya qoldi yumaloq bosh. Bu nomni u birinchi marta (ammo oxirgi emas) eshitishi edi. - Gimnazist bölsa kerak, shundaymi?
- Ha.
- Qayerda öqiydi?
- Uyxeyda.
Shu payt yoshi kattaroq, ozg'in, nimjon, hushröygina tortinchoq talaba jonidan judo bölgan jöjalarni olib, oshxona bekasiga tantanovor topshirmoqchi edi, oyimcha Agnesa uning qölidagi jöjalarni yulib olarkan:
- Menga bering, graf, issiq suvim bor, bir zumda tozalab beraman, - dedi.
Oshxona darrov jonlandi: tovadagi yog'ning jiz-bizi, tolqon tuyilayotgan hovonchaning taqir-tuqiri-yu, tuxumning chaqilishi, xullas, och odamning qulog'iga yoqadigan musiqa ovozi yangradi.
Biroq dunyoda taqdiri azal degan narsa ham borki, boyaqish talabalar peshonasiga arzimas bir tasodif xalal berishi tufayli ovqatlanish nasib etmasligi yozilgan ekan. Buning uchun jön bir voqea, masalan, oddiy uy mushugi oshxonadagi qovurmani ilib ketishi ham mumkin. Bunday paytlarda taqdir qölida hatto oddiy mushuk ham voqealar zanjirini uzib yubora oladigan yagona kuchga aylanadi. Ammo hozir mushuk emas, balki taqdir doimo mash'um nayranglarida foydalanuvchi janob ispravnik ovqatlanishga halal berdi.
Ösha kezlarda uezd boshlig'i lavozimini baron Ishtvan Dyori egallab turgandi. Naq oshxonada jöjalar qovurilayotgan paytda baron öz qasridagi ayvonda Bene qishlog'i vakillari - oqsoqol Martin Jombek, jamoa a'zolari Gabor Koppanto va Mixay Cabolar bilan suxbatlashib ötirgandi. Vakillar baron qarshisida ehtirom bilan shlyapalarini yechib tik turardilar.
Ishtvan Dyori yoshi ancha ötib qolgan, tashqi qiyofasi juda g'alati bir odam edi. U qorni g'oyat katta bölgani tufayli g'ijjakka öxshab qolgandi. Endi Dyori bir vaqtlar harbiy odam bölgan desa, hech kim ishonmaydi ham. Holbuki, u qariyb umr böyi armiyada xizmat ötab keldi, qilgan gunohlarining sanog'i yöq; baron faqat imperator xazrati oliylari Fransgagina emas, boshqa davlatlar, boshqa hukmdorlarning ham yumushlarini bajargan. U köpgina mamlakatlarda böldi, har xil dengizlarda suzdi, biroq hech qayerda yaxshi nom qoldirmadi. Baron xatto köchmanchi sarasinlarni ham körgan. Keksa kamerdinerning aytishicha, yovvoyi odamlar baronni yeb qöyishlariga oz qolgan ekan. Shunday bölganligi ehtimoldan holi emas, chunki yovvoyilar Dyorini rosayam yulib-yumdalashgandi. (Baron Olasyorskka yarg'oq bosh holda qaytib kelgan.)
Yovvoyilar nega uni yeb qöymaganlarini hech kin bilmaydi. Bundan ular afsuslamishadi xolos. Agar yovvoyilar öshanda baronni jig'ildonlariga urib yuborishganida edi, u hozir böynimizga tovon bölib ötirmasdi.
Xullas, Dyori xalq hisobiga boyidi. Biz eslayotgan vaqtda esa u ayvonda Bene qishlog'idan axborot bilan kelgan maxalliy ma'murlarga quloq solib ötirardi. Vakillar qishloqqa tegishli jamoa uzumlaridan tayyorlangan vinoni sotib bölganliklarini xabar qildilar. Bestersebanidan kelgan savdogarlar jamoa yertölalaridagi keyingi ön yil ichida yig'ilib qolgan hamma vinoni kötara harid qilishibdi. Suyuq oltin hisoblanmish vino uchun ular talaygina jaraq-jaraq oltin tashlab ketishdi. Hozir ayni tokay vinosini sotadigan payt. Axir bu yil Istambulda sulton o'zgardi, yangi sulton esa haramiga uch yuzta qiz olar ekan, deb hikoya qilardi oqsoqol. Ötaketgan ishratparast odam ekan! Ketma-ketiga uch yuzta töy bölgandan keyin ozmuncha vino ketadi deysizmi?!
- Esingni yebsan, Jombek, - dedi kulib baron. - Turklar vino ichishmaydi-ku.
- Ishonmang ularga, janobi oliylari...
- Savdogarlar vinoga qancha tölashdi?
- Jami ikki ming forint berishdi.
Baron odatda qattiq hayratlansa, og'zidan qurbaqa vaqillashiga öxshatib qur-quru deb qöyardi. Hozir ham o'shanday ohangda xitob qilib qöydi. U öta talonchi bölgani uchun hatto qurbaqalardan ham vaqillashni qisman tortib olgandi.
- Shuncha pulni qayerga qöydinglar?
- Ishonchli joyga yashirganmiz.
- Ana xolos, - jaxli chiqdi uezd boshlig'ining. - Komitat boshqarmasi kassasiga qöysanglar bölmasmidi? Pölat sandiq bexavotir-ku axir!
Oqsoqol Jombek tirsagi bilan sezdirmay turtib qöygan edi, Gabor Koppanto tilga kirdi:
- Oliy xazratlari, biz, xazina yutsa yutadiki, ammo hech qachon nishxörd chiqarmaydi, degan fikrdamiz.
- Komitat ma'muriyatlari tög'risida bunday deyishga qanday jur'at etding? - deya o'shqirdi unga baron. - Axmoqona ish qilibsizlar! Beneda ög'ri köpligini bilardinglar-ku! U yerda hatto yetimning nonini ham yarimta qilishdan toymaydigan ög'rilar bor. Tevarak-atrofda-yu axvol bundan battar! U yerlarda qaroqchi Yanoshik ön bir nafar yigiti bilan izg'ib yuribdi. Ötgan hafta Yanoshik bojam Aktal Dokush huzuriga ikki bõlak yog' va yangi etik olib kelish uchun öz odamlarini yuboribdi. Dokush yog' berib yuboripti-yu, ammo yangi etik yöqligini aytibdi. Shundan söng Yanoshik: Dokush boshimni qotirmasin, yotoqxonasidagi divan ustida yangi etiklar yotibdi, deya ayttirib yuboribdi. Rostiyam shunday bölib chiqdi. Tush payti xat tashuvchi löli maktub solinadigan tunuka quticha bilan etiklarni Uyxeydan keltirgach, Dokushning xizmatkori xöjayiniga hech narsa demay etiklarni divanga qöygan ekan. Qani, özinglar aytinglar-chi, hozirgi paytda pulni uyda saqlab bölarmidi?
- Biz pulimizni yaxshi saqlaymiz. - deya sõzida turib oldi oqsoqol, sochiga tang'ilgan tarog'ini tög'rilab qöyarkan. - Qishloq ratushasida tunu kun ichkarida ham, tashqarida ham qorovul turadi.
Qolgan ikki dehqon ham, darhaqiqat, xonaning ichkari-tashqarisida temir panshaxali qorovullar turishini tasdiqlashdi.
Ammo baron bösh kelmas, eng örinli dalillarga undan ham asosliroq dalil topib, e'tiroz bildirar edi.
- Bu vaj emas! Tushundinglarmi? Qorovul ham odam: uni köndirish, ichirib qöyish yoki xotinlar bilan boshini aylantirish mumkin. Bosh aylandimi, bas, vijdon chippakka chiqadi!
Martin Jombek hamon iljayib turardi.
- Bu yog'ini ham öylab körganmiz.
- Xösh, xösh? - hayron böldi Ishtvan Dyori.
Oqsoqol "hm", qöygach gapga birorta begona odam quloq solmayaptimikan, degandek atrofga alangladi-da, közini ayyorona qisdi.
- Axir pullar qorovul turgan joyda emas, mutlaqo boshqa yerda saqlanadi.
Baron dehqonlarning quvligida xo-xolab kuldi-da, ularni boshqa hech narsa demay qöyib yubordi. Shu payt mirshab Dyuri baron qasri oldidan o'tib ketayotgandi. Baron Dyori safsatatalab odam bölgani uchun mirshabni körgan zahoti gapga tutdi:
- Qishloqda qanday yangiliklar bor, og'ayni? Qayerlarda bölding, nimalarni körding?
- Mayxonada 2 ta talabani kördim, hovlida jöja quvib yurishibdi.
- Jöja quvib yurishibdi, deysanmi? Nima balo, homligicha yeyishmoqchimi?
- Mayxona bekasi jöjalarni tutishga ruxsat etdi, qovurib bermoqchi. Ular ölguday och ekan. Lekin ikkovi ham boyvochcha yigitlar. Bittasi hatto graf.
- Qur-quru! - jonlanib xitob qildi baron. - Ismlarini bilmaysanmi?
- Yo'q, bilmayman.
- Bölmasa, yugur mayxonaga, ularni boshlab kel, birga ovqatlanamiz.
Mirshab kirib, talabalarga Dyori xazrati oliylari ularni yöqlab, tushlikka taklif qilayotganini aytganida, jöjalar qovurilib bölayozgandi. Mirshab talabalardan tezroq bölishlarini iltimos qildi, chunki dasturxon yozila boshlangandi.
Talaba zoti lazzatli taom gadosidir. Ikkala yigit shu zahoti mirshab ketidan ergashishga tayyor bölsalar-da, ular ketib qolishlari yelib yugurayotgan mayxona egasiga qattiq botmasligi uchun mulozamat bilan uzr sörashdi.
- Bemalol, bemalol! - dedi mayxona egasi. - Albatta, baronning taomi lazzatliroq, zero, yaxshi taom turganida yomonidan kechgan ma'qul.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
Aziz dindoshim sizni Eng yaxshi IBRAT kanalga taklif qilamiz
https://youtu.be/p-rjST_Dpv0