Ayol stol ustiga oppoq dasturxonni
töshadi. Keyin xafsala bilan dasturxonni turli noz-
ne'matlar bilan töldira boshladi. Bugun keladigan
mehmonlar uning uchun alohida ahamiyatli edi.
Yuzida mayin tabassum bilan taom tayyorlashga
kirishdi...
19:00. Ayolning pishirgan ovqatlari bugun
ishtahani bög'adigan darajada bemaza edi.
Ovqatning kartoshkasi kuygan, göshti esa
pishmagan.
Mehmongakelgan ayolning dugonasi, ög'il va
yangi kelin ovqatning juda shirin bölganligini
sözlasalarda, taomdan bir qoshiqdan ziyod
yemadilar.
21:00. Nihoyat mehmonlar uylariga ketish uchun
qözg'ala boshlashdi. Yoshlar ketganlaridan söng
ayoldan dugonasi söradi:
- Bugun senga nima böldi o'zi? Pishirgan
taomlaringning mazasi og'izda qolardi. Bugun
birinchi marta keliningni mehmonga chaqirgan
bölsang... Nega ovqating shunchalik bemaza
chiqdi? Yoki kasal bölib qoldingmi?
Ayol nim tabassum bilan jilmaydi:
- Yöq, yaxshiman. Ataylab shunaqa qilib
pishirdim. Bilmadim, yana qancha umrim qoldi.
Lekin endi bu taomlarni yegan ög'lim xotiniga
hech qachon “Оnam ovqatni sendan köra
shirinroq pishirardi”, deb aytmaydi va kelinimning
qalbini og'ritmaydi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12