onajonimning: “Bugun muborak kun, vaqtli turib
ibodatingni qilgin,” degan ovozidan uyg’onib
ketdim. O’rnimdan turarkanman, ko’rgan
tushimni esalshga harakat qildim. Tushimda
mashinani tez haydab ketayotgan ekanman.
Birdan ro’paramda ikki yo’l chiqdi. O’ng
tomondagi yo’ldan shundayin bir nur taralardiki,
hayratda qoldim. Qay tomon yurishni bilmay
turganimda onajonim uyg’otib yubordilar.
Namozdan keyin nonushta qilgach, ishga
jo’nadim. “Yaxshi borib kel o’glim! Doimo Allohni
yod et. Hech esingdan chiqazmaginki, doimo u
Zot sening madadkoring bo’ladi”, deya fotiha
berdi onam.
Boshlig’im Baxtiyor aka juda jiddiy, salobatli kishi.
Birinchi ko’rganimda u kishini oldilarida ozgina
dovdiradim ham. G’alati odam ekan, birovni xafa
qilmaydi, maqtamaydi ham. Nima demoqchi
ekanini ko’z qarashidan bilaman. Yo’lda ketar
ekanmiz, Baxtiyor aka peshin payti uchrashuvi
borligini tayinladi. “Xo’p” deyishimga qaramay,
meni “Bugun juma, xo’jayinni uchrashuvga olib
borsam, juma namoziga ulgurmay qolaman, endi
nima qildim?”, degan o’y qiynay boshladi.
Belgilangan uchrashuvga boorish uchun
ketayotganimizda oldimda turgan manzarani
ko’rib, hayratdan yoqa ushladim: “Axir bu
tushimdagi yo’llar-ku! O’ng tomondagisida
masjid, to’grida keti ko’rinmas yo’l…”. odamlar
masjid tomon oqib ketayotir. “Allohim menga
madad ber! Nima qilay, moshinani masjid tomon
buraymi, yoki xo’jayinni manziliga olib boraymi?!”
“Yo Parvardigorim, O’zing meni qo’lla”, deya
moshinani masjid tomon burdim. Baxtiyor aka
xayron bo’lib: “Qayoqqa yurding, to’g’riga
ketishimiz kerak-ku?”, dedi. Men: “Baxtiyor aka,
bugun juma, shundoq juma namozini o’qib
chiqay”, deganimni bilaman u kishining rangi
o’zgarib ketdi: “Jinni bo’lganmisan, soat birda
muhim uchrashuvim bor”. Bor kuchimni to’plab:
“Baxtiyor aka, mana kalit, men jumaga kech
qolamay”, degancha masjid tomon yugurdim.
Yelkamdan tog’ ag’darilganday yengil bo’ldim,
ta’riflashga til ojiz.
Azon aytildi, safga qo’shildim. Ko’zlarim hech
narsani ko’rmas, quloqlarim eshitmas edi. Xuddi
Rabbimning qarshisida yolg’iz turgandek edim.
Bu halovatni tushuntirib berish qiyin.
Namozdan keyin ko’zlarimda yosh bilan duo
qildim: “Ey, Allohim, meni hech qachon ikki yo’l
orasida qoldirma, O’zing to’g’ri yo’ldan
adashtirma! O’zingdan boshqaga muhtoj qilma!”
Duodan keyin o’zimga kelib, sal narida o’tirgan
kishiga ko’zim tushdi. Qo’lidagi uzuk tanish edi.
Hayajon ichra uning yuzlariga boqdim. Ne ko’z
bilan qarayki, u boshlig’im Baxtiyor aka edi. Juma
ayyomi bilan qutlab, meni quchog’iga oldi…”
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 20
Aziz dindoshim sizni Eng yaxshi IBRAT kanalga taklif qilamiz
https://youtu.be/p-rjST_Dpv0