marta o‘rganib chiqildi Shvetsiyalik olimlar dunyoda birinchi
bo‘lib nosvoy tarkibini aniqladi. Bu
haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda. Foto: stanradar.com Nashrning eslatishicha, avvalroq
Qozog‘iston olimlari shu paytgacha
tarkibi o‘rganilmagan ushbu
mahsulotni to‘liq tahlil qilmoqchi
bo‘lgan. Biroq bu yerdagi
laboratoriyalar bunday ekspertiza o‘tkazish uchun yaroqsiz bo‘lib
chiqqani tufayli Qozog‘istondan sotib
olingan nosvoy namunasi
Stokgolmdagi Jahon sog‘liqni saqlash
laboratoriyasiga jo‘natildi. Shvetsiya olimlari ushbu nosvoyda
xrom, nikel, kadmiy, qo‘rg‘oshin va
margimush borligini, ushbu
moddalarning barchasi mumkin
bo‘lgan miqdordan ortiq ekanligini
aniqladi. Chunonchi, nikel me’yordan 5,1 marta, xrom — 17 marta,
qo‘rg‘oshin 38 marta ko‘p bo‘lgan,
margimush esa chaynaladigan tamaki
tarkibida umuman bo‘lmasligi kerak.
Shuningdek, nosvoyning qo‘lda,
sanitariya qoidalariga rioya qilinmagan holda tayyorlanganidan
darak beruvchi turli kasallik
qo‘zg‘atuvchi mikroblar topildi. Bundan tashqari, nosvoy tarkibidagi
tamakida saraton kasalligini keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan moddalar
miqdori meyordan to‘rt marta ortiq
ekanligi aniqlangan. Bunday
moddalalrning shakllanishiga imkon yaratuvchi nitrit-ionlar esa mumkin
bo‘lgan miqdordan 91 marta ko‘p
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bunday natijalar orqali tadqiqotchilar
Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda
nosvoyni taqiqlash maqsadga
muvofiq bo‘ladi, degan xulosaga
kelishdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев