Поперек горла все это
Sen meni ko'nglingdan chiqarolmaysan, Umringda quyoshdek porlayveraman. Ming yillar qariga ketganingda ham, Men Seni samodan chorlayveraman.
Jonimni poyinga judolar qildim, Yolvorib xudoga nidolar qildim. Mayliga, baxtli bo'l, duolar qildim, Sen mening armonim birinchi sevgim.
Yuragni o'rtaydi qayg'u va alam, Qo'larimda zor-zor yig'laydi qalam. Yuragimga yog'di ayrliq yomg'iri, Men sevgan, u qiz endi o'zgani yori.
Ko'nglimning tubida og'riqlar bo'zlar, Bilmam kimga do'stman, kimga yoqaman. Unutgin uni deb armonlar so'zlar, Men esa sen tomon ma'yus boqaman.
Uchrashtirsin bir kun xudoyim, Ushal kunni kutib yashayman. Sensiz o'tgan kunlarim eslab, Yurak bag'rim ezib yashayman.
Kiprigimda asrab yurardim seni, Oqib ketding afsus ko'zlarim yumsam. Sen ham avaylarding azizim meni, Birovning baxtini sevibman bilsam.
Show more