594739301900

Abu Muhammad

TAHORAT KITOBI
#fiqh #tahorat
Istinjo qilish tartibi
Suv topilmagan joyda, er kishi xisya (tuxumdon)lari osilib turganida kesak, tosh kabi narsalarning birinchisini oldidan orqaga, ikkinchisini orqadan oldinga va uchinchisini yana oddidan orqaga tortib, istinjo qilishi kerak. Agar xisyalari tortilib turgan bo‘lsa, kesak yo toshni orqadan oldinga tortgan holda tozalashni boshlaydi. Ayollar doimo istinjoda (toshni) oldindan orqaga tortishlari zarur. Istinjodan so‘ng kishi qo‘llarini yuvadi va suv bilan istinjo qilishda, chap qo‘li o‘rta barmog‘ining yostiqchasi bilan, suv quygan holda, najas chiqqan joyni asta ishqalab yuvadi. So‘ng ehtiyoj bo‘lsa, nomsiz va iligcha barmoqlari yostiqchalarini
594739301900

Abu Muhammad

Fijor urushi
#siyrat Payg'ambar alayhis-salom 20 yoshga kirganlarida Fijor urushiga qatnashdilar. Kinona, quraysh va qays qabilalari o'rtasida yuz bergan urushning sababi quyidagicha edi. Furot daryosining g'arbidagi Xira shahrining podshosi No'mon ibni Munzir Madina yaqinidagi har yili bir marta bo'ladigan Ukoz bozoriga mol yuborib sottirar edi. U mollarni hammaga gapi o'tadigan e'tiborli odamlar nazoratida jo'natar edi. Kunlarning birida Kinona qabilasidan bo'lmish Barroz ibn Qays No'monning huzuriga tashrif buyurdi. O'ta zolim va yovuz bu kimsani qabiladoshlari oqsoqollikdan olib tashlashgan edi. U kelganda Urva ibn O'tbatur Rahhol No'monning huzurida o'tirgan edi. No'mon: "Mening molla
594739301900

Abu Muhammad

BAQARA SURASI. (DAVOMI) 38-48 OYATLAR
#quron #baqara 38. «U joydan (jannatdan) hammangiz tushing», dedik. «Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida, shu haq yo‘lga ergashgan kishilarga xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar». 39. Oyatlarimizni inkor qilib, yolg‘on degan kimsalar esa do‘zax egalari bo‘lib, unda abadiy qolajaklar. I z o h . Yuqoridagi oyatlardan bizga Odamzod Tangrining Yerdagi sir-asrorini biladigan xalifasi ekani va hatto begunoh farishtalar ham unga ta’zim qilishlari ma’lum bo‘lgani kabi Shaytonning so‘ziga kirish uni jannatdan mahrum qilgani, endi Yerda tinch, osoyishta yashash uchun shaytoni la’inning vasvasalariga uchmaslik zarurligi uqtiriladi. Endi, Odam
594739301900

Abu Muhammad

Islomning o'zagi bo'lgan hadislar
#hadis
Oltinchi hadis.
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
594739301900

Abu Muhammad

Abu Bakr siddiq r.a
#sahobalar #abubakr (davomi)Abu Bakr qaq dinga iymon keltirgandan so‘ng o‘z qavmini ham islomga da'vat qila boshladi. Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa'd ibn Abu Vaqqos va Talha ibn Abdullohlar uning undovi bilai ikki dunyo saodatiga erishdilar.Xotamul anbiyo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men kimni islom diniga chaqirsam ikkilanar va so‘zlarimni eshitishdan yuz o‘girardi. Lekin, Ibn Qahofaga bundan so‘z ochsam, u so‘zimni shubhaga burmasdan, qalbi va tili bilan tasdiqladi. Alloh undan rozi bo‘lsin".Arqam ib.n Abul Arqam Maxzumiy ham islomni qabul qildi. Uning hovlisida Payg‘ambar alayhissalom va u kishinint sahobalari to‘planisha
594739301900

Abu Muhammad

TAHORAT KITOBI
#fiqh #tahorat
Istinjo
Erkaklar tahorat ushatganlaridan so‘ng yurib, yo yo‘talib, yo egilib yoki shunga o‘xshash turli harakatlar bilan o‘zlarini najas yo‘lida qolgan siydik tomchilaridan, qalban ishonch hosil qilingunicha, tozalanishlari istibro deyiladi.Payg‘ambirimiz, solladlohu alayhi va sallam: "Qabr azobining aksariyati bavl (siydikdan saqlanmaslik) tufaylidir", deganlar. Hadisi sharifdagi bavldan maqsad, kichik tahorat ushatilgach, orqasidan kelgan siydik tomchilaridir. Bu tomchilardan poklanmay tahorat qilgan kishining tahorati hisobga o‘tmaydi, Chunki bu tomchilar yaxshilab ketkazilmasa, turganidan so‘ng tomib, badan va kiyimni iflos qiladi va tahoratsiz namoz o‘qilg
594739301900

Abu Muhammad

Azon va takbirning hukmlari
#namoz Muqimliqda va safarda bo‘lsin, xoh yolg‘iz, xoh jamoat bo‘lib farz namozlarini o‘z vaqtida yoki qazosini o‘qish oldidan erkaklarning azon va takbir aytishlari sunnati muakkadadir. Ayollarga esa makruhdir. Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bilan sahobalar bir kuni musulmonlarga namoz vaqti kirganini bildirish uchun biror usul yo vosita topish xususida suhbatlashib, eng ma’qul usulni izlashga kirishadilar. Barcha o‘z fikrini ayta boshlaydi. Kimdir zang (qo‘ng‘iroq) chalinsin, dedi. Payg‘ambarimiz "bu nasroniylar odatidir", debradqildilar. Kimdir "karnay (quvur) chalaylik" dedi. "Bu yahudiylar odatidir", dedilar Alloh Rasuli. Ba’zi sahobalar
594739301900

Abu Muhammad

RASULULLOHNING OMINA VAFOTIDAN KEYIN ABDULMUTTALIBNING
#siyrat QO'LIDA, U KISHINING VAFOTIDAN KEYIN ESA ABUTOLIBNING QO'LIDA QOLISHLARI Onasi o'g'lini Halimadan qaytarib olgach, Adi ibn najjor avlodiga mansub erining tog'alarini yo'qlab Madinaga yo'l oldi. Ziyoratdan qaytib kelayotganda Makka bilan Madina oralig'idagi Abvo degan kentda to'satdan vafot etdi. Rasulullohni buvalari Abdulmuttalib o'z tarbiyasiga oldi, Ummu Ayman parvarish qildi. Abdulmuttalib nevarasini haddan tashqari yaxshi ko'rar, uning istiqboliga, kelajakda ulug odam bo'lishiga umid boglagani uchun yer-ko'kka ishonmas edi. Payg'ambar alayhis-salom sakkiz yoshga kirganlarida buvalari olamdan o'tdi. Yetim bolani amakilari A
Показать ещё