Hech qachon pushaymon qilmaydigan narsangiz bu odamlarga qilgan gözal odob-axloqingizdir, hatto ular sizni yomonlik bilan kutib olishsa ham. Alloh taoloning huzurida möminlarning eng afzali gözal xulqlilaridir.
Tavakkul
—Qizim, yo'q demagin. Yigit juda ham aqlli, esli-hushli ekan. Kelishgangina, topish-tutishi ham yaxshi.
—Oyi, aytdimku, bo'lmaydi, deb. Men uchun xayrliga o'xshamayapdi. 3kecha istixora namozini o'qib Allohdan so'radim, biror belgi ko'rganim yo'q.
—Eeh, qizim-ey. Qanaqa belgi? Nimalar deyapsan o'zi? Sen bir uchrashib ko'r avval. Mayli, yoqmasa, yo'q deb yuboramiz.
—Alloh men uchun xayrli qilmagan kishi bilan uchrashishimdan nima foyda, oyi? Yo'q deb yuboring, iltimos, bizni ham o'zlarini ham behuda qiynashmasin.
Dilafruz bekorga bunday ishonch bilan gapirmasdi. Agar xayrli bo'lsa, Alloh belgi beradi, deb qattiq ishonardi. Bunday voqealar oldin ham ko'p bo'lgan