Maykl Jekson musiqiy daho edi.
U yozgan qo'shiqlar, ohang, u
tushgan raqslarni insoniyat hali
ko'rmagan, tinglamagan,
bilmagan edi.
Oqmisiz yoki qora, yoshmisiz
yoki qari, ziyoli yoki savodsiz,
nimaga e’tiqod qilishingizdan
qat’iy nazar Maykl Jekson har
kimning yuragida o't yoqa olar
edi.
"Uning maqsadi sevdirish emas
edi", deydi uning safdoshi Kvinsi
Jouns, "Maykl Jekson odamlarni
o'ylantirishni istardi".
Umumbashariy mavzular,
yaxshilik va yomonlik, tenglik va
tengsizlik, irqchilik va
millatchilik, to'g'rilik va egrilik,
go'zallik va qo'rqinch, to’qlik va
sho’xlik uning qo'shiqlari
mazmuni edi