imomalbuxo

IMOM AL BUXORIY

Gunohlar jaholat qilmishidir Gunoh qiluvchi kishi kofir bo‘lmaydi, illo shirk keltirgan kishigina kofir bo‘ladi. Rasululloh bir gunoh qilgan kishiga: “Senda jaholatdan bor ekan”, -deganlar. Alloh oyati karimasida: “Alloh shirkni kechirmaydi, qolgan hamma narsani, xoxlasa kechirishi mumkin”, -degan Sahoba Ma’ruf rivoyat qiladilar: “Rabza degan joyda Abu Zarrni o‘zi ham, quli ham chopon kiyib kelayotgan holatda ko‘rdim. Nima uchun bir xil kiyinib oldingizlar?”, -deb so‘radim. Abu Zarr: “Men bir kishini (Bilolni), ey qora xotinning bolasi!- deb haqorat qildim. Rasululloh menga: “Ey Abu Zarr, onasini haqorat qilibsan, senda jaholatdan bor ekan”, -dedilar va yana: “Birodarlaringiz xizmatkoringiz
imomalbuxo

IMOM AL BUXORIY

Erning qadriga yetmaslik kufrga yaqin narsadir Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Menga do‘zax ko‘rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko‘pi inkor qiluvchi xotinlar ekan”. Sahobalar: “Allohni inkor qilganmi?”, -deb so‘radilar. “Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko‘rsa: “Sendan nima ko‘rdim, hech yaxshilik ko‘rmadim”, -deb aytadi”, -deb javob berdilar.
imomalbuxo

IMOM AL BUXORIY

Salom berish islom amallaridandir Sahoba Ammor aytganlar: “Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘ladi: - insofli va adolatli bo‘lish; - barchaga salom berish; - kambag‘alligida ham sadaqa berib turish. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bir kishi so‘radi: “Islomda eng yaxshi xislatlar qaysi?”. Dedilar: “Ochlarga taom berish, tanigan va tanimaganga salom berish”.
imomalbuxo

IMOM AL BUXORIY

Islomni o‘limdan qo‘rqqanidan yoki itoatkorlik yuzasidan qabul qilgan kishining iymoni iymon emas! Alloh taolo oyati karimasida: “Badaviylar: “Iymon keltirdik”, -deb ayturlar, siz ularga: “Iymon keltirmadingiz, balki, taslim bo‘ldik, deb ayting!- deng”, -deyilgan. Islomning haqiqatdan qabul qilingani iymon keltirish bilan isbotlanadi. Alloh taolo boshqa bir oyatida: “Alloh uchun maqbul yo‘l faqat islom yo‘lidir”, yana bir oyatida esa: “Kimki islomdan boshqa yo‘lni istasa, zinhor qabul qilinmaydi”, -deyilgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 5-10 odamga sadaqa ulasha boshladilar. Men ham shu yerda o‘tirgan edim. Rasululloh bir kishiga sadaqa bermadilar, u esa men yoqtirgan (solih) ki
imomalbuxo

IMOM AL BUXORIY

Iymon- islom amriga amal qilish Alloh taolo oyati karimasida: “Jannat- qilgan amali solihlaringiz evaziga berilgandir”, - deydi. Boshqa bir oyatda esa: “Robbing, muqarrarkim, barchadan “La ilaha illalloh”ga qanday amal qilganlarini so‘ramay qo‘ymas”, -deyiladi. Yana bir boshqa oyatda: “Najot istaganlar amal qilsinlar!”, -deyilgan. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radilar: “Qaysi amal afzaldir?”. “Alloh va uning Rasuliga ishonish”, -deb javob berdilar. “Undan keyin qaysi?”, -dedilar. “Alloh yo‘llida jihod qilish”, -deb aytdilar. “Undan keyin- chi?”, -deb so‘radilar. “Qabul bo‘lguchi hajdir”, -deb javob qildilar.
imomalbuxo

IMOM AL BUXORIY

imomalbuxo

IMOM AL BUXORIY

Amal qilish iymondandir Alloh taolo oyati karimasida: “Mushriklar (Allohning birligini inkor qiluvchilar), agar tavba qilib, iymonga kelsalar, namoz o‘qisalar va zakot bersalar, ularni tinch qo‘ying!”, -deb aytgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar: “(Alloh) menga: “Odamlar kalimai shahodat aytib, namoz o‘qiydigan, zakot beradigan bo‘lgunlariga qadar kurashgin!”, -deb buyurgan. Agar bunga amal qilsalar, mollari-yu jonlari mendan omon qoladi. Uxraviy hisob- kitobi (oxirat hisob- kitobi) Allohning o‘ziga havola, zero islomda gunoh deb hisoblangan ishlarni qilsalar, albatta jazosiz qolmaslar”.
Показать ещё