Men atiga ikki yoshda edim.
Juda
afsusdaman, endi hech qachon
maktabga bora olmasligimdan,
öqishni, yozishni
örganolmasligimdan... Men uchun
endi uch raqami yöq... Mening
oyimning ismi Sveta, u meni
dunyoga keltirganida 17 yoshda
edi. Buvim meni judayam yaxshi
körardi, dadam baxtim uchun öz
hayotini berishga ham tayyor edi.
Baxtli gödak edim... Oyim
kompyuter qarshisida, internetda
köp vaqtini ötkazardi. Men endi
gapirishni örgana boshlaganimda
dadam va oyim tez-tez va jiddiy
janjallashib qolishardi. Nihoyat
oyim dadam bilan ajrashdi va
kutilmaganda xorijga, qaysidir
shaharga ketishga qaror qildi.
Yangi uyimizga kelganimizda,
men özimning "yangi dadam"
bilan tanishdim. Boshida u juda
mehribon edi. Ammo keyinroq
meni ura boshladi. Men undan
qörqardim. Judayam. U meni
özining kamari bilan katta qila
boshladi. Har gal mast vaqtida shu
kamari bilan savalardi. Oyim unga
qarshilik qila olmasdi. U oyim
ikkimizni köchaga haydab
yuborishi mumkinligini aytib
qörqitardi. Uning ovozini
eshitishim bilan kravat tagiga
bekinib olardim. Lekin u baribir
meni topib olardi. Qörqib
qochardim. Lekin u baribir tutib
olardi. Axir men tashlagan uch
qadamim uning bir odimlashiga
ham yetmasdi. Bir kuni "yangi
dadam" tobi yöqligi uchun ishga
bormadi. U bugungi kun mening
tarbiyam bilan shug'ullanish uchun
ajoyib imkoniyat ekanligini aytdi.
Men devor qog'oziga yurakcha
rasmini chizgandim. U bundan
g'azablandi va kamarini yechib
meni ura boshladi. Og'riq judayam
kuchli edi. Oyim u meni qanday
urayntganini shunchaki kuzatib
turardi. Men hech narsa qila
olmadim, faqat yig'ladim. U
oyimga kamarni tutqazdi va
baqirdi: "Ur!" Ey, Xudo, oyijon,
nahotki siz ham meni ursangiz?!
U yana baqirdi: "Agar sen bolani
qanday tarbiyalash kerakligini
bilmasang, ikkalangizni ham
haydab yuboraman" Oyim meni
urdi. "Yana",- takrorladi "yangi
dadam". Yana urishdi. Yana... Jajji
tanam og'riqlarni his qilmay
qöydi. Faqat juda sovuq qotardim.
Oyim yig'lab kamarni uloqtirib
yubordi va meni bag'riga oldi.
Zörg'a uning yuzini siladim va
shavqatsiz dunyoda oxirgi marta
gapirdim: "Oyijon, sizni yaxshi
köraman".... Bugun ölganimga 40
kun böldi. Меni öz yurtimizga,
haqiqiy dadamning uyi yaqiniga
kömishdi. Dadam va buvim har
kun qabrimga kelishadi. Özlari
bilan juda köp gul va öyinchoqlar
olib kelishadi. Afsuski ular b-n
gaplasha olmayman.. Oyim
qamoqda, judayam afsusdaman.
Baribir oyimni juda yaxshi
köraman. Oyijon, men ham sizga
öxshagan gözal qiz
bölmoqchiydim, eng chiroyli
rasmlar chizmoqchiydim. Kun
kelib siz kabi ona bölganimda,
farzandimni kamar b-n emas,
mehr b-n tarbiya qilmoqchiydim.
Oyijon, endi osmondaman. Bu
yerda juda köp farishtalar bor.
Faqat siz yöqsiz... Men atiga ikki
yoshda edim. Juda afsusdaman,
endi hech qachon maktabga bora
olmasligimdan, öqishni, yozishni
örganolmasligimdan... Men uchun
endi uch raqami yöq.
6 21 • Класс!
Комментарии 1