Oʻtmishga qaytishga ijozat boʻlsa, Bir bora berilsa bundayin imkon. Men oʻsha sen bilan uchrashgan kunni, Qismatdan oʻchirib kelardim,ishon. Oʻshal kun men oʻshal yoʻldan yurmasdim, Kiymagan boʻlardim oʻsha koʻylakni. Juda yarashibdi demas eding sen, Oʻshal kun sochimda boʻlgan turmakni. Sen salom bermasding,olmasdim alik, Titroq kirmas edi tizzalarimga, Va sen aylanmasding butun umrlik, Hammadan chiroyli gʻussalarimga. Qaniydi ijozat boʻlganda bir bor, Sendan ayblarni topib kelardim, Sen izn soʻramay,bir tepib kirgan, Koʻngil eshiklarin yopib kelardim. Tutdek toʻkilmasdim hasratlaringda, Kuyib ketmasmidi kutishlarda jon. Sen bor qum qasrli mamlakatingda, Sen bor sayyorada boʻlmasdim,ish
💎𝑰𝒌𝒌𝒊 𝑵𝒂𝒓𝒔𝒂𝒏𝒊 𝑻𝒐‘𝒙𝒕𝒂𝒕𝒊𝒑 𝑩𝒐‘𝒎𝒊𝒚𝒅𝒊 𝑶‘𝒕𝒂𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏 𝑼𝒎𝒓𝒏𝒊 𝑲𝒆𝒍𝒂𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂𝒏 𝑶‘𝒍𝒊𝒎𝒏𝒊 𝑩𝒊𝒛𝒅𝒂𝒏 𝑸𝒐𝒍𝒂𝒅𝒊𝒈𝒂𝒏𝒊 𝑭𝒂𝒒𝒂𝒕 𝒀𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌𝒅𝒊𝒓 .💎
Qalbimizni nurli qil Olloxim
Показать ещё