َت ﻮ ُﻏ ﺎ ﱠﻄ ﻟ ا ا ﻮ ُﺒ ِﻨ َﺘ ْﺟ ا َو َﻪﱠﻠﻟا ا و ُﺪ ُﺒ ْﻋ ا ِن َأ ﻻﻮُﺳَر ٍﺔ ﱠﻣ ُأ ِّﻞ ُآ ﻲِﻓ ﺎَﻨْﺜ
Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar»,-degan vahiy bilan
payg‘ambar yuborganmiz. (Nahl, 36.)
ُر ِﺔ َﻜ ِﺋ ﻼ َ ﻤ ْﻟ ا َﻦ ِﻣ ﻲِﻔَﻄْﺼَﻳ ُﻪﱠﻠﻟا ٌﺮ ﻴ ِﺼ َﺑ ٌﻊ ﻴ ِﻤ َﺳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠن ِإ ِس ﺎ ﱠﻨ ﻟ ا َﻦ ِﻣ َو ﻼُﺳ)٧٥(
«Alloh farishtalardan ham, odamlardan ham elchilarni O’zi tanlaydi. Alloh eshituvchi va
ko‘ruvchidir». (Haj, 75.)
َﻌ ْﻟ ا ﻰَﻠَﻋ َناَﺮْﻤِﻋ َل ﺁ َ و َﻢ ﻴ ِ ه ا َﺮ ْﺑ ِإ َل ﺁ َ و ﺎًﺣﻮُﻧَو َم َد ﺁ ﻰَﻔَﻄْﺻا َﻪﱠﻠﻟا ﱠن ِإ َﻦ ﻴ ِﻤ َﻟ ﺎ)٣٣(
«Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg‘ambarlik
uchun) tanladi». (Oli Imron, 33.)
َﻚ ْﻴ َﻠ َﻋ ْﻢ ُﻬ ْﺼ ُﺼ ْﻘ َﻧ ْﻢ َ ﻟ ﻼُﺳُرَو ُﻞ ْﺒ َ ﻗ ْﻦ ِ ﻣ َﻚ ْﻴ َﻠ َﻋ ْﻢُهﺎَﻨْﺼَﺼَﻗ ْﺪ َﻗ ﻼُﺳُرَو
«Ba’zi payg‘ambarlar haqida ilgari qissalarni bayon etgan edik. Ba’zi payg‘ambarlar qissalarini esa
aytganimiz yo‘q». (Niso, 164.)
MUQADDIMA
Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhonahu va taolo ko‘z bilan ko‘rib turganimiz va ko‘zimizga
ko‘rinmaydigan butun borliqni yaratgan qudrat sohibidir. Avval koinot yaratilib, undan so‘ng inson xalq qilingan. Azaldan yakkayu yagona Allohdan boshqa biror narsa mavjud emas edi. Alloh taolo o‘zining borligini, buyukligini, qudratini bildirish uchun oliy hikmati bilan osmonlarni, Yerni va undagi boyliklarni yo‘qdan bor qildi. Yolg‘iz Allohning o‘zigagina itoat va ibodat qilishga buyurilgan farishtalar, insonlar va jinlarni
xalq qildi.
Farishtalar ko‘zga ko‘rinmas mavjudot bo‘lib, nurdan yaratilgan, ularda nafs bo‘lmaganligi uchun taom
yeyish, ichimlik ichish va shahvoniy hissiyotlarga berilishdan ozoddirlar.
Farishtalarning eng go‘zali va eng ul-g‘i Jabroil farishtadir.
Ular Yerda emas, balki samovotda faqat ibodat bilan mashg‘uldirlar. Alloh taolo farishtalar haqida shunday
xabar beradi:
َن و ُﺪ ُ ﺠ ْﺴ َ ﻳ ُﻪ َﻟ َو ُﻪ َﻧ ﻮ ُ ﺤ ِّﺒ َﺴ ُ ﻳ َو ِﻪ ِﺗ َد ﺎ َ ﺒ ِ ﻋ ْﻦ َﻋ َنوُﺮِﺒْﻜَﺘْﺴَﻳ ﻻ َﻚ ِّ ﺑ َ ر َﺪ ْﻨ ِﻋ َﻦ ﻳ ِ ﺬ ﱠﻟ ا ﱠن ِإ )٢٠٦(
«Haqiqatan, Robbingiz huzuridagi farishtalar Uning ibodatidan kibr qilmaydilar. Unga tasbeh
aytadilar va Unga sajda qiladilar». (A’rof, 206.)
Alloh taolo insonlar singari farishtalarni ham turli daraja va martabada, turli vazifalarga mas’ullikda bir-
biridan fazilatlik qilib yaratgan. Qur’oni karimda farishtalarning o‘z so‘zlari bilan aytgan sifatlari keltirilgan:
ﻻِإ ﺎﱠﻨِﻣ ﺎَﻣَو ٌمﻮُﻠْﻌَﻣ ٌم ﺎ َﻘ َﻣ ُﻪ َﻟ )١٦٤( َن ﻮ ﱡﻓ ﺎ ﱠﺼ ﻟ ا ُﻦ ْﺤ َﻨ َﻟ ﺎﱠﻧِإَو)١٦٥( َن ﻮ ُﺤ ِّﺒ َﺴ ُﻤ ْﻟ ا ُﻦ ْﺤ َﻨ َﻟ ﺎﱠﻧِإَو
)١٦٦(
«(Farishtalar dedilar): «Bizlarning har birimiz uchun osmonlarda aniqki, ma’lum bir maqom bordir.
Darhaqiqat, bizlar Alloh xizmatida saf tortib turguvchilardirmiz. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh
aytuvchilardirmiz».( Vas-soffot, 164-166)
Farishtalarning ba’zilari Allohning arshi va kursiysi xizmatida bo‘lsalar, ba’zilari jannat xizmatchilari, yana
ba’zilari do‘zax xazanalaridir.
َﻌ ْﻟ ا َن ﻮ ُﻠ ِ ﻤ ْﺤ َ ﻳ َﻦ ﻳ ِ ﺬ ﱠ ﻟ ا ِﻪ ِﺑ َنﻮُﻨِﻣْﺆُﻳَو ْﻢ ِﻬ ِّﺑ َر ِﺪ ْﻤ َﺤ ِﺑ َن ﻮ ُﺤ ِّﺒ َﺴ ُﻳ ُﻪ َﻟ ْﻮ َﺣ ْﻦ َﻣ َو َش ْﺮ
«Arshni ko‘tarib turadigan va uning atrofidagi farishtalar yagona Parvardigorlariga hamd bilan
tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar...».( G’ofir, 7.)
Ba’zi farishtalar yerdagi insonlarning yelkalarida doim bo‘lib, nomai a’mol kotiblari vazifasini bajaradilar:
َﻦ ﻴ ِ ﻈ ِ ﻓ ﺎ َﺤ َﻟ ْﻢ ُﻜ ْﻴ َﻠ َ ﻋ ﱠن ِإ َو )١٠( َﻦﻴِﺒِﺗﺎَآ ﺎًﻣاَﺮِآ)١١( َنﻮُﻠَﻌْﻔَﺗ ﺎَﻣ َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ)١٢(
«Holbuki, sizlarning ustingizda har bir ishingizni yod oluvchi farishtalar bor. Ular yozuvchi ulug‘
zotlardir. Ular sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar». (Infitor, 10-12.)
Ba’zilari Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasidagi elchilik vazifasidadirlar:
ٌﺮ ﻴ ِﺼ َﺑ ٌﻊ ﻴ ِﻤ َ ﺳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠن ِإ ِس ﺎ ﱠ ﻨ ﻟ ا َﻦ ِﻣ َو ﻼُﺳُر ِﺔ َﻜ ِﺋ ﻼ َ ﻤ ْﻟ ا َﻦ ِﻣ ﻲِﻔَﻄْﺼَﻳ ُﻪﱠﻠﻟا ) ٧٥(
«Alloh elchilarni farishtalardan tanlar, insonlardan ham».( Haj, 75.)
Farishtalarning yana ba’zilari esa insonlarning ruhlariga vakil qilinganlar:
َن ﻮ ُ ﻌ َ ﺟ ْﺮ ُﺗ ْﻢ ُﻜ ِّﺑ َر ﻰَﻟِإ ﱠﻢ ُﺛ ْﻢ ُﻜ ِﺑ َﻞِّآُو يِﺬﱠﻟا ِت ْﻮ َﻤ ْﻟ ا ُﻚ َﻠ َﻣ ْﻢ ُآ ﺎ ﱠﻓ َ ﻮ َ ﺘ َ ﻳ ْﻞ ُﻗ )١١(
«Ayting, ey Muhammad! Sizlarga vakil qilingan o‘lim farishtasi jonlaringizni olur, so‘ngra
Robbingizga qaytarilursizlar». (Sajda, 11.)
Ular xilqat (yaratilish) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida:
ْﻤ َﺤ ْﻟ ا َث ﻼ ُﺛ َو ﻰَﻨْﺜَﻣ ٍﺔ َﺤ ِﻨ ْﺟ َأ ﻲِﻟوُأ ﻼُﺳُر ِﺔ َﻜ ِﺋ ﻼ َﻤ ْﻟ ا ِﻞ ِﻋ ﺎ َﺟ ِض ْر ﻷ ا َو ِت ا َو ﺎ َﻤ ﱠﺴ ﻟ ا ِﺮ ِﻃ ﺎ َﻓ ِﻪ ﱠﻠ ِﻟ ُﺪ
َع ﺎ َ ﺑ ُ ر َ و
«Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to‘rt qanotli elchilar qiluvchi
Allohgadir» (Fotir, 1.)- deb marhamat qilgan.
Ularning mavjudligiga imon keltirish har bir musulmonga farz qilingan:
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев