Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Mis va kumush nitratlari aralashmasi termik parchalanishidan hosil bo`lgan gazlar aralashmasining havoga nisbatan zichligi 1,4655 ga teng bo`ldi. Dastlabki tuzlar aralashmasidagi moddalarning massa ulush(%)larini aniqlang. (AgNO3) = 47,49 %; [Cu(NO3)2] =52,51 %.
Propin bilan monoxlorlialken izomerlari aralashmasi 1450C va 96,5 kPa bosimda 18 litr hajmni egallaydi. Bu aralashma mo’l kislorodda yondirilganda 18 g suv hosil bo’ldi. Monoxloralkenni aniqlang va barcha izomerlarini yozing.Dastlabki aralashma to’liq yonishi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin bo’lgan 1,7% (p=1,01 g/ml ) kumush nitrat eritmasining hajmini toping.Dastlabki aralashmaning havoga nisbatan zichligi 1,757 ga teng.
(C3H5CI- 4 ta isomer; 1485 ml AgNO3 )
20 l metan va etilen aralashmasiga 10 l kislorod aralashtirildi. Bunda havoga nisbatan zichligi 0,8046 bo`lgan gazlar aralashmasi hosil bo`ldi. Oligan gaz aralashmasisi tarkibidagi moddalarning hajmiy ulushlarini hisoblang.Javob:(CH4) = 0,5; (О2) = 0,333; (C2H4)= 0,167